Ispaniya OAV lari Madridning “Real” klubi sobiq hujumchisi Ronalduning klubni tark etishi sabablarini ma’lum qildi, deya xabar qildi Gazeta.ru nashri.
El Mundo Deportivo nashri yozishicha, portugaliyalik futbolchini rahbariyat tomonidan qilingan “adolatsizligi” dilini siyoh qilgan.
Birinchidan, Ronaldu Ispaniya g‘aznachiligi tomonidan o‘zini soliq to‘lashdan bosh tortganlikda ayblaganlaridan g‘azabga kelgan.
Ikkinchidan, besh karra “Oltin to‘p” sohibi klub uning maoshini ko‘tarishdan bosh tortganidan tang ahvolda qolgan, axir, shu orqali u soliq masalasini hal etishi mumkin edi. Binobarin, Krishning oylik maoshi “Barselona”ning Messisi, hatto Neymarnikidan ham kam bo‘lgan. V
Uchinchidan, klubning atoqli futbolchilari qatorida Ronaldu yo‘q edi.
Shu tarzda 33 yoshli Ronaldu “Real”dan “Yuventus”ga o‘tib ketgan.