Turinninng “Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu nima sababdan “Real”ni tark etganini aytdi.
“Men klubda o‘zimni noqulay his qila boshlagandim. Jamoa prezidenti ham menga oldingidek muomalada bo‘lmay qo‘ygandi. Dastlabki 4 yoki 5 yil ajoyib o‘tgandi.
Biroq keyin barchasi sekin-asta o‘zgardi. To‘g‘ri, prezident meni saqlab qolmoqchi edi. Ammo u meni ketishim katta yo‘qotish bo‘lmasligini ham aytgan edi.
Peres meni faqat biznes model sifatida ko‘ra boshlagandi”, degan Krishtianu Ronaldu.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu yozda “Real”ni tark etib, “Yuventus” futbolchisiga aylandi.