Estradamiz mega yulduzi Rayhon ijod qilishga
ham, o'z vaqtida xordiq chiqarishga ham vaqt topa olmoqda. Kecha Rayhon SB.uz
portali uchun maxsus, eksklyuziv ravishda Xitoy safaridan fotosuratlarini faqat
biz uchun taqdim etdi. To'g'ridan-to'g'ri Xitoydan yuborgan fotosuratlarini siz
azizlarga taqdim etamiz. Rayhonning har bir hatti-harakati muxlsilar
uchun juda qiziq, xoh u ijodiy izlanishlari bo'lsin, xoh xordiq safari bo'lsin.
Biz shuni inobatga olgan holda Rayhonning Xitoydagi dam olish safari haqida ham
ma'lumot va eksklyuziv fotosuratlar taqdim etishga qaror qildik. Xitoy safariga
Rayhon o'z singlisi bilan borib bugun qaytdi. Fotosuratlarni aslida kecha
yo'llagan bo'lsada, biroz kechroq bo'lsada bugun yangilikni joylamoqdamiz.
Rayhon safar mobaynida Xitoyning tarixiy joylariniz ziyorat qildi. Buyuk Xitoy
devoridan boshlab, Gugun Imperatori Saroyida ham bo'lib qaytdi. 4 kun davomida
Xitoyda bo'lgan Rayhon endi yana kuch to'plagan holda ijodga yana kirishib
ketdi. Marhamat, siz azizlar uchun eksklyuziv fotosuratlar taqdim etamiz.