Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TANQID va TAXLIL

Rayhonning konsertda kiygan libosi o‘zbekchilikka munosibmi?!

18 may kuni Turkiyaning Istanbul shahrida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyevaning konsert dasturi bo‘lib o‘tganidan xabaringiz bor.
Xonandaning mazkur konsert dasturida kiygan libosi bugun internet olami muhokama maydonining asosiy mavzusiga aylanib qoldi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova www.facebook.com ijtimoiy tarmog‘i orqali Rayhonning kiygan libosiga qat’iy e’tiroz bildirdi.

Yaqindagina Rayhonning Lola bilan kuylagan duetiga ishlangan videoklipi juda katta tanqidlarga sabab bo‘lib, hatto TV efirlaridan olib tashlangan edi. Kuni kecha O‘zbekiston xotin-qizlar ko‘mitasi tomonidan tashkil etilgan katta yig‘ilishda ham, “O‘zbeknavo” estrada birlamasi tomonidan o‘tkazilgan anjumanda ham Rayhon va Lolaning madaniyati, jamoatchilik qarshisidagi odobii tahlil etilgan edi.
Turkiyada O‘zbekiston nomidan konsert berayotgan xonanda nahot o‘z yurti, vatandoshlari sha’nini o‘ylamagan bo‘lsa? Aksariyat san’atkorlarimiz g‘arbga taqlid qilaman deb, azaliy qadriyatlarimiz, milliy urf odatlarimiz, sharq xalqlariga xos andishayu yuksak odob-axloq qoidalarini unutishayotgani atrofdagilarga nisbatan bepisandlikdan boshqa narsa emas.  

San’atkorlar bu yo‘l bilan yoshlarga qanday namuna bo‘lishyapti? Zotan mamlakatimiz rahbari o‘zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida san’atkor ma’naviyati, uning sahna madaniyati masalasiga alohida e’tibor qaratib, “...bugungi kunda musiqa san’ati navqiron avlodimizning yuksak ma’naviyat ruhida kamol topishida boshqa san’at turlariga qaraganda ko‘proq va kuchliroq ta’sir ko‘rsatmoqda” deb yozadi. Xonandalar konsert dasturlariyu kliplaridagi bunday chiqishlari orqali yoshlar ma’naviyatining yuksalishiga qanchalik xizmat qilishyapti ekan?
San’atkor odobi masalasida jiddiyroq bosh qotirish vaqti kelganga o‘xshaydi.

 
Qamariddin Shayxov


Категория: TANQID va TAXLIL
Просмотров: 19350 | Комментарии: 9 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Libos, ochiq kiyim, Rayhon, uzbekchilik
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 9
mahpuw0204 Özi Rayxonni narmanniy ashulasi yöğuuu lekin kiyimiyam eplagan kiyadideee
Like | 0
Angelochka Voy namuncha hamma o'zicha aqilli tavba qildim o'zlaringni billaring zamonga qarab kiyinish kerak asosiysi ovozi yaxshimi ijodiga omad Rayhonniyam Lolaniyam :p
Like | 0
ShadowFiend Shu Rayhon, azaldan yoqmidida :tr:
Like | 0
Muslima979797 Bowqalani aqli bolali bolganda kirardiku bu ainiptiide
fr
Like | 0
Muslima979797 Voy
Like | 0
1406906 Gulbaxor Erkulovani fikri qizitirmedi
Uni fikri bir pul ga qimmat Rayhonga omad yangngilik kutib qolamiz ijodlarida Xamma xohlagan kiyimini kiyadi xar kimni oz xohishi bor o'tirvolib muhokama qilish shartmas Konikmadim klipni goyasi Rayhondan chiqmagan aybdor Jasur Shametov Lola ochiq kiyinsa Rayhonda nima ayb Rayhonga omad
Like | 0
Xursandbek95 Afsus Rayhon ham farzandli bo'lib aynidi
Like | 0
SHOHRUH2 Ундан кўра мини юбкахам миллийрок
Like | 0
NuR_KR Ha, Lekin Lola b/n iwlangan duet umuman mentalitetimizga togri kemedi,
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:54
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное