Rayhonning ayrim muxlislariga murojaati: “O‘tinaman sizdan…”
Xonanda Rayhon salbiy izoh qoldiradigan muxlislaridan bezib ketgan shekilli, instagramda ularga qaratilgan murojaat joylashtiribdi. Hozir shu fikrlarni tarjima qilib, e’tiboringizga havola etyapmiz.
– Gohida o‘ylab qolaman, odamlarda buncha salbiy fikr, tajovuzkorlik, nafrat va hasad qaerdan paydo bo‘larkan-a?! O‘tinaman sizdan, hozir hecham yaxshilik ko‘rmayotgan joyingizdan ham ezgulik qidirib ko‘ring! Bergan muvaffaqiyatlari va g‘alabalari uchun Xudoga shukrona aytishni ham unutmang. Ishoning, hayotingiz yaxshi tomonga o‘zgaradi. Faqat qalbingizni ezgulik va muhabbatga ochishingiz kerak. Aytishadi-ku: “Yaxshi niyat-yarim mol”, deb. Yaxshi narsalar haqida o‘ylang. Men sizlarga hech narsani o‘rgatmoqchi emasman. Yo‘q, yo‘q. Men kim bo‘pmanki, kimgadir nimanidir o‘rgatsam… Shunchaki alam qiladi, siz hayotingizni nimaga sarflayapsiz? Bu – shunchaki maslahat! Umid qilamanki, unga quloq solasiz. Sizlarni yaxshi ko‘raman. Hatto menga yomonlik tilasangiz ham.