Rayhonni G‘oya o‘g‘irlaganlikda ayblaganlarga javob qaytarildi
Kuni kecha O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva muxlislariga yangi “Tabib” taronasiga suratga olingan videoni taqdim etgandi.
Mazkur videoni tomosha qilgan tomoshabinlar tomonidan xonandaga turli tanqidiy fikrlar kelib tushdi. Xususan Rayhonni klip g‘oyasini o‘g‘ilaganlikda ayblashdi.
Ushbu fikrlarni bildirganlarga qarata Rayhonning ashaddiy muxlisasi tomonidan quyidagicha javob qaytarildi va bu javob xonanda tomonidan uning shaxsiy sahifasida repost qilindi:
“Tarix fanini maktabda o‘tmagan hurmatli odamlar! Maxsus sizlar uchun.
3400 yil oldin yashagan Misr malikasi – Nefertiti va Misrning boshqa malikalari mana shu uslubda kiyinib yurishgan! Bu millat bo‘lgan va hozirgacha bor!
Misr malikalari haqida ko‘plab afsonalar bor. Filmlar tomosha qiling va rivojlaning... “G‘oyasi o‘g‘irlangan” deb gapirishni bas qiling! Bunday hikoya hali bo‘lmagan! Liboslari o‘xshasa, bu Rayhon o‘g‘irladi degani emas!
Boshqa millat yulduzlari ham tarixdan olgan!”