Bugungi kunda Ko‘plab yurak qalblarni zabt etgan estradamizning go‘zal vakilalaridan biri Rayxon bugun o‘zining yangi videoklipini saytimiz orqali taqdim etmoqda.
“Ne bo‘lar?” nomli taronasiga ishlangan videoklipning qiziqarli g‘oyasi Rayxon hamda rejissyor Davlat Arabshoyevga tegishli. Ko‘p sonli ishtirokchilar qatnashgan video hayot zavqini tarannum etadi.
O‘z o‘rnida mohirona qo‘llanilgan kompyuter grafiklari esa klipga o‘zgacha ruh bag‘ishlaganligini videoni tomosha qilgach, o‘zingiz ham amin bo‘lasiz.
Sho‘x va raqsbop yo‘nalishdagi taronaga ishlangan videoklip jo‘shqinlik bahsh etsa, ajab emas.
Bugungi kunda bu tarona ko‘plab muxlislarning talabiga sabab bo‘layotgani sir emas. Shunday ekan, unga ishlangan video ham ommalashishiga umid qilish mumkin.
O‘ziga xos fleshmob uyushtirgan Rayxondan yangi videoklipni tomosha qilib, unga munosib baho bering!