DAVOMI!!!
-Mitti qorbobochalaringizga nima sovg‘a qildingiz?
-Ular mening quyonchalarim! Mashinachalar, velosipedlar, karaoke-robotlar... Ularga har doim o‘yinchoqlar xarid qilgim keladi. Singlim “Buncha o‘yinchoqni nima qilasiz?” deb hayratda. (kuladi). Men esa bu hayratga parvo qilgum yo‘q!
-Farruh Zokirov san’atkorlar bazmida nochor san’atkorlar uchun fond ochish borasida taklif bildirdi. Balki siz ham qo‘llab-quvvatlarsiz?
-Nega yo‘q? Bu savob-ku?! Mehribonlik uylariga, bemorlarga e’tiborlimiz. Keksalarni unutib qo‘yyapmiz. Bizning ham kezi kelib qarishimiz bor...
-Ko‘pchilikning fikricha, turmush o‘rtog‘ingiz bilan munosabatlaringizga nuqta qo‘yayotganingiz konsert oldi piar! Shunga oydinlik kirita olasizmim?
-Piar deyishlariga sabab, “to‘yining ertasi kuni ajrashib ketishadi” degan gap-so‘zlar ancha oldin bolalaganidir. Biroq, bu gaplarning konsertimga umuman aloqasi yo‘q. Hozirgi vaziyatga to‘xtalsam, murakkab. Nimalar sodir bo‘layotganini esa birma-bir ommaga dasturxon qilish niyatim yo‘q. Bu shaxsiy hayotim. Ichki munosabatlar.
-Turmushning “musht”i va shirinini ham totishga ulgurdingiz. Xulosa qilishingiz uchun tatigan achchiq- chuchugingiz yetarli. Sizningcha, oilani qaysi omillar mustahkamlaydi?
-Hurmat. Er-xotinning o‘zaro hurmati. Har qanday vaziyatda ham uni saqlab qolishga harakat qilish kerak. Hurmat yo‘qolsa, mustahkamlik qulaydi...
-Siz yaxshi rafiqa bo‘la oldingizmi?
-Xotin sifatida menga bog‘liq hamma narsani bajardim. Erim uchun o‘z vaqtida ovqatini hozirladim, kiyimlarini dazmolladim, kirini yuvdim... Uyimni sarishtali va shinam tutdim. Ko‘p ayollar kabi erimdan qancha pul topayotganini so‘ramadim. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar uni tushunishga harakat qildim. Ayb izlamadim, uni turli vajlar bilan boshini og‘ritmadim. To‘g‘ri yoshimizda farqimiz 12 yil. Men ham u kabi yoshdagi davrimni ko‘z oldimga keltirib, to‘g‘ri va adolatli munosabatda bo‘lishga intildim...Xullas, turmushimda juda murakkab vaziyat yuzaga keldi...Ajrashishga qaror qildim.
-Yaxshi kelin bo‘la oldingizmi?
-Qaynonam uchunmi? Qaynonam Moskvada istiqomat qiladi...
-Siz uchun ideal oila bormi?
-Qarindoshlarim orasida bor. To‘g‘ri, kelishmovchilar har qanday oilada uchraydi. Nazarimda, muhabbat va ishonch asosida qurilgan oila juda mustahkam bo‘ladi. Er va xotin o‘zi uchun emas, ko‘proq oilasi uchun qayg‘ursa, u har qanday to‘fonga chiday oladi. Hurmat yo‘qolsa, muhabbat o‘z-o‘zidan yo‘qolarkan!
-Shabnam Surayyo bilan intervyu qilganimda, u sevgi izhorlari va muhabbatga ishonmasligini aytdi. Sizda sevgiga bo‘lgan ishonch o‘z kuchidami?
-Albatta. Sevgiga ishonchim yo‘qolsa, qo‘shiq kuylashdan to‘xtagan bo‘lardim. Muhabbatning cheki yo‘q. Allohga, Vatanga, oilaga, farzandga...Sevgi faqat er-xotin o‘rtasi bilan chegaralanmaydi-ku, axir! Shu qadar turfa, shu qadar ajoyib tuyg‘u!
-Shu kunlarda yolg‘iz qolganingizda nimalar haqida o‘ylayapsiz?
-(O‘ylanib). Oldin kelajak haqida o‘ylardim. Biroq, kelajak sen qanday o‘ylashingdan qat’iy nazar, taqdirda yozilgani kabi sodir bo‘lishini tushundim. Shuning uchun hozirim, bugunim bilan rohatlanishni istayman. Oldinlari achinsam, hozir lahzalarimga oshno tutinaman. Hayotimda, atrofimda qanchalar qiyin holat bo‘lmasin, baxtli onlarimni baribir topishga urinaman. Negativ narsalarni xayolimdan chiqarib tashlayman. Xudoga shukur! Ha, muammo bor. Ha, hammasi faqat oq chiziqlardan yo har qayoqqa sochilgan atirgul yaproqlaridan iborat emas. Biroq, go‘zallik, yaxshilik, baxtli damlar ko‘proq. Vaqt o‘tgan sayin yaxshilikning qadrig
Qanday kelishmovchilik bo'lsa ham hal qilsa bo'lardiku axir shiringina egizaklariz ko'z oldizga kelmadimi har qanday qiyinchilikka bardosh bera olgan inson hayotda g'olib bo'ladi