“Istiqlol” san’at saroyida yakkaxon konsert dasturini taqdim etayotgan xonanda Rahon G‘aniyeva o‘zining “Instagram”dagi sahifasi orqali muxlislaridan yordam so‘radi.
Ya’ni xonanda Ben laqabli kuchugining yo‘qolib qolganini aytib, uni topganlarga mukofot berishini ma’lum qildi.
“Ben laqabli 5 yoshli kuchugim yo‘qoldi. Zoti-sariq retriver. Topganlardan mukofot evaziga qaytarib berishlarini so‘rayman”, - deb yozdi xonanda.
Izohlarda esa xonandaning muxlislari kuchukning rasmini butun shahar bo‘ylab tarqatib chiqish orqali uni topishga yordam berishlarini aytishdi.