"Aziya Dausi" nomli mashxur va nufuzli taqdimot marosimi yodingizdami? Qozog‘istonda tog‘lar qo‘ynidagi Medeuda o‘tadigan xalqaro tanlovda bir vaqtlar Ravshan Namozov, Yulduz Usmonova va Farrux Zokirovlar xam qatnashgani yodingizda bo‘lsa kerak a?
Endilikda "Star of Asia" deb nomlanadligan ushbu marosimni 19-20-avgust kunlari yangi nom bilan ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Yaponiya, Xindiston va Osiyoning boshqa davlatlaridan bittagina xonanda taklif etilgan bo‘lib, faqatgina O‘zbekistondan ikki xonanda: Rayxon va Didjey Piligrim taklif etilib ularga "Star of Asia" (Osiyo yulduzi) mukofoti topshirildi.
126 mamlakatga bevosita ushbu tadbirdan efir uzatilib, konsertdagi tomoshabinlar soni 7000dan ziyod bo‘lgan.
Rayxon "Sumbula" va "Xabibi" qo‘shiqlari bilan chiqish qildi.
Didjey Piligrim esa "Ti menya zabud" qo‘shig‘i bilan.
Xalqaro tadbirda xorijning yorqin yulduzlari bilan tanishib muloqotda bo‘lgan Rayxon.
Botir Qodirovning prodyuseri Asror Isaxo‘jaev mazkur tashkilot koordinatorlaridan biri.
Rayxon Medeuda "Xabibi"ni kuylayotgan chog‘i turkman xonanda Meylis Halbayew Rayxonning shu qo‘shig‘ini qayta kuylab yana kamiga klip xam taqdim etib ommaga tarqatish bilan ovora bo‘ldi.
Rayhon:- Bu xabarni menga ushbu qo‘shiqni mualliflaridan biri Yakzon jo‘natdi. U yigit menda bu qo‘shiqni qayta kuylash uchun ruxsat so‘ramagandi. Ochig‘i, xozir moshinada ketayotganimizda Munisa bilan kuylagan duetimizni ikki uyg‘ur qizi shundoqqina ovozlarimiz ustidan kuylaganiga ajablangan edim. Endi bu xabar.
"Star of Asia" festivali tog‘lar orasida o‘tayotgani sababli sovuq bo‘lishiga qaramay tomoshabinlar juda qaynoq kutib olishdi va bizlarni qo‘shiqlarimizni bilib birgalikda baralla kuylashlari quvontirdi. Konsert va uning tashkiliy ishlari judayam yuqori saviyada bo‘ldi. Endi esa Jambulga yo‘l oldik.