Rayhon sochi rangini tez-tez o‘zgartirishi sababini aytdi
Xonanda Rayhonning 23-27 fevral kunlari “Istiqlol” san’at saroyida yakkaxon konsert dasturini taqdim etayotganidan xabaringiz bor. Ayni damda xonanda konsert dasturiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda. Aslida tayyorgarlik jarayoni o‘tgan yildan boshlangan. Rayhon va uning ijodiy jamoasi muxlislarga orginal va betakror shou-konsert dasturini taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda xonanda “Shov-shuv.uz” saytiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Shuningdek xonanda imijini, xususan sochlari rangini tez-tez o‘zgartirishini quyidagicha izohladi:
“Sochlarim rangi o‘zgarar, biroq, tashqi ko‘rinishimni, yuzimni o‘zgartirish istagim yo‘q. Imijim o‘zgarishini - muxlislarimga zerikarli ko‘ringim kelmasligi bilan izohlayman”.
Har doim sarviqomat bo‘lib yurishining sababi haqidagi savolga esa Rayhon "Shirinliklardan tiyilaman. Sport zalda vaqtim ko‘proq o‘tadi. O‘zimga e’tiborli bo‘lishimda tomoshabinlar kuch beradi. Agar sevimli ishim bo‘lmaganida, vaznim 100 kgdan oshim ketardi",-deya javob berdi.