Milliy taomlarga muhabbati kuchli bo‘lganlar va taomlarning aslini yemoqchi bo‘lganlar uchun yana bir yaxshi yangilik. Poytaxtimizdagi “Qoratosh” ko‘chasida “Rayhon” nomli milliy taomlar kafesi ochildi. Istiqlolimizning 24 yillik to‘yiga to‘yona bo‘lgan “Rayhon” kafesida qo‘li shirin oshpazlar tomonidan mazali milliy taomlar tayyorlanmoqda.
Nomi va uslubidan milliy ruh ufurib turgan ushbu maskan do‘stlar, hamkasblar va oila bilan boriladigan sevimli maskanlar qatoridan joy olishi shubhasiz. Chunki, kafe ma’muriyati taomlardan tortib, bino intereri hamda xizmat ko‘rsatishda ham o‘ziga xoslikka alohida urg‘u berishmoqda. Umumiy ovqatlanish joyidan tortib, alohida kabinetlar mijozlar xizmatida. Eng muhimi narx - navo hamyonbop. “Maqsadimiz—asl milliy taomlar, yuqori darajadagi xizmat orqali xaridorlar muhabbatini qozonish”, deydi “Rayhon” ma’muriyati.