Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » Exclusive Intervyu

Rayhon: “Qo‘shnilarim farzandlarimning yuzini ko‘rsatish haqida iltimos qilmaydi”

Avval xabar berganimizdek, 11-fevral kuni  19:00 dan 21:00 ga qadar “Vodiy sadosi” radiosida xonanda Rayhon bilan intervyu bo‘lib o‘tdi. “Daryo” mobil muxbiri Ulug‘bek Xudoyberganov ushbu intervyuni tinglab, uni yozma shaklda taqdim etdi.
Intervyuning ikkinchi qismida xonanda  farzandlariga aloqador savollarga javob berdi.
Farzandlariga ismlarini kim qo‘yganligi haqidagi savolga javoban, Rayhon bunday vazifa singlisi Nasibaga yuklatilganini aytdi. “Singlim menga ko‘plab ismlar va ularning ma’nosi yozilgan dasturni ko‘rsatdi. Men u yerdagi ismlardan birontasini tanlashda ikkilandim va bu vazifani singlim Nasibaga ishonib topshirdim. Farzandlarimning ismlarini Nasiba qo‘ygan”, — dedi u.
Ushbu mavzudagi savollar ketma-ketligiga javoи berar ekan, Rayhon farzandlarini parvarish qilishda unga maxsus yollangan enaga va singlisi katta yordam berishini, ular katta bo‘lsa, albatta bog‘chaga berishini, ularni o‘zi cho‘miltirishini, shuningdek, quyoshli kunlarda bolalarini ko‘chaga chiqarib turishini ma’lum qildi.
“Farzandlaringiz bilan ko‘chaga chiqqan vaqtingizda odamlar kelib, ularning yuzini ko‘rishga urinadimi?” — degan savolga, Rayhon : “Yo‘q, biz o‘z mahallamizda sayr qilamiz. Mahalladoshlarim mening qarorimni hurmat qiladi va meni to‘g‘ri tushunib, bunday iltimos bilan murojaat qilmaydi”, — dedi.


Категория: Exclusive Intervyu
Просмотров: 7449 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Rayhon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Guli пишет: | 13.02.2015 | 12:24 #1 Страница с комментарием
guli101192 Mmmm tog'ri qilishadi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:23
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное