Rayhon o‘z konserti chog‘ida yiqilib tushishiga bir baxya qoldi
Toshkentning “Istiqlol” san’at saroyida konsert berayotgan Rayhon G‘aniyeva 24 fevral kunidagi konserti davomida ikki marotaba yiqilib tushishiga oz qoldi. Bu haqida “Sayyod” xabar bergan.
Konsert dasturining ikkinchi kunida sahnada operatorlar ikki g‘ildirakli balansni tutish orqali harakatlanuvchi elektr qurilmada videoga suratga olayotgan paytda ulardan biri Rayhonning orqasidan kelib urilgan. Natijada u yiqilib tushishiga bir baxya qolgan. Ikkinchi holatda esa muxlislardan gullar olayotganida xonanda o‘z libosiga o‘ralib qolgan. Bu vaziyatda unga raqqoslar yordamga kelgan.
Qolaversa, xonanda shu kunlarda biroz betobligi sahna ortida ma’lum bo‘lgan. Rayhonga sahnaga chiqishdan avval dori olib kelish kerakligi xaqidagi so‘zlarga sayt xodimlari guvoh bo‘lishgan.
24 fevral kuni konsertga estrada olami vakillaridan Jahongir Poziljonov, Ziyoda, Ulug‘bek Rahmatullaev, "Benom", “Eldido” guruhlari, Sardor Rahimxon, Shohruhxon va boshqa san’atkorlar tashrif buyurishgan.
Konsert dasturining ikkinchi kunida tasvirga olingan qisqacha video: