Rayhon ajrashishga ariza topshirgani ma'lum bo'ldi
Xonanda Rayhon turmush o‘rtog‘i aktyor Yigitali Mamajonov bilan ajrashishga ariza topshirdi, deya xabar beradi uz24.uz nashri Sayyod.com sayti ma’lumotlariga tayanib.
Xabardan ma’lum bo‘lishicha, saytning “Ajrashayotgan ekansiz... Bu nechog‘lik xaqiqat?”, - degan savoliga xonanda: “Ha, bu xaqiqat. Men ajralishga topshirdim. Xozir hayotimda og‘ir damlar kechmoqda...”, deb javob bergan.
Xabarda ularning ajrashish sababi ma’lum qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, xonanda Rayhon G‘aniyeva va aktyor Yigitali Mamajonov 2012 yilning 16 noyabrida turmush qurishgan va 2014 yilning may oyida egizak farzandli bo‘lishgan edi.
Shu yilning 23, 24,25, 26 fevral kunlari xonanda konsert dasturini o‘tkazishi kutilmoqda.