“Rahmatullaev va Rahimxonni Nazarbekov yarashtirdi”
Ijtimoiy tarmoqlar bugun nafaqat muloqot o‘rnatish markazi balki reklama uchun eng qulay maskanga aylangan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdurashid Yo‘ldoshev, “Nihol” mukofoti sovrindori Ulug‘bek Rahmatullaev, xonandalar Munisa Rizayeva, Botir Qodirovlarning konsert dasturlari haqidagi reklama bannerlari hali shahar ko‘chalariga ilinmay turib, internetda ovoza bo‘lishga ulgurdi.
O‘tgan hafta Ulug‘bek Rahmatullaevning konsert dasturi afishasini 50 dan ortiq san’atkorlar o‘z shaxsiy sahifalariga joylab, xonandaga omad tilashdi. Bular orasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon ham bor. Shu vaqtgacha Rahimxonning Rahmatullaevning konsert afishasini instagramga joylab, unga omad tilashi u yoqda tursin hatto birga suratga tushganini ko‘rmaganmiz. Bu holat Rahmatullaevda ham kuzatilmagan. Sardor va Ulug‘bek o‘rtasida munosabati chinday ham iliqlashgan ko‘rinadi. Internetdagi uzunquloq gaplarga qaraganda Ozodbek Nazarbekov, Ulug‘bek Rahmatullaev, Sardor Rahimxon avgust oyi oxirlarida Moskvaga safar qilishgan. Ikki sobiq do‘stning munosabatlari tiklanishiga esa Nazarbekov sababchi bo‘lgan. Bu safardan keyin esa Rahimxon do‘stiga omad tilab, uning konsert afishasini shaxsiy sahifasiga joyladi. Xullas, bu taxminda jon borga o‘xshaydi.