Quyi Chirchiqda er bog‘cha bolalari oldida xotinini bo‘g‘ib, qiynadi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida fuqaro rashk sabab xotinini bog‘cha bolalari oldida bo‘g‘gani aks etgan videoyozuv tarqaldi.
Unda fuqaro turmush o‘rtog‘idan telefonini berishni talab qilayotganini ko‘rish mumkin.
Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur holatga munosabat bildirdi. Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan hududiy IIB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.