Ijtimoiy tarmoqlarda bugun, 3-noyabr kuni Qoraqalpogʼistonning ayrim joylarida qor yog‘gani haqida xabarlar tarqaldi.
“Аyni paytda esa Nukus va boshqa joylarda yomg‘ir yog‘ayotgan ekan”, deyiladi xabarda.
Navbatchilik qismida Natalya Qoraboeva ism-familiyali mutaxassis o‘zbek tilini tushunmasligini aytib, telefon go‘shagini qo‘yib qo‘ydi. Qayta-qayta qilingan qo‘ng‘iroqdan so‘ng sayt muxbiri yana ikki nafar mutaxassis bilan gaplashishga “muyassar” bo‘ldi.
Va nihoyat “Qoraqalpog‘istonning ayrim hududlarida qor yog‘ayotganligi haqidagi xabarga aniqlik kiritmoqchi edik” degan so‘rovning “elliginchi” martasida “O‘zgidromet”ning bir og‘iz “ha, Qoraqalpog‘istonning Qozog‘iston bilan chegara qismida qor yog‘di”, degan javobi olindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 3-5-noyabr kunlari O‘zbekiston hududiga Gʻarbiy Qozog‘iston orqali Ural hududlari (Yekaterinburg) ustida shakllangan sovuq va nam havo oqimi kirib kelishi haqidagi xabar berilgan edi.