Xonanda Lola Yo‘ldosheva Instagram ijtimoiy tarmog‘iga yangi suratini joylab, unga quyidagicha izoh qoldirdi:
“Xayrli tong, azizlarim! Qizlar, bahor tobora yaqinlashgani sayin biz ham chiroy ochib bormoqdamiz. Bugun o‘zingizni seving! Bugun kunni o‘zingiz-ya’ni eng sevimli insonga bag‘ishlang! O‘zingizni xursand qiling, siz eng yaxshisiga munosibsiz, siz-eng yaxshisisiz! Har birimiz Olloh yaratgan durdonamiz! Sizlarni sevaman!”
Xonandaning muxlislariga atalgan ushbu dil izhorini har kim har xil qabul qildi. Kimdir sevimli san’atkoridan eshitgan so‘zlaridan mamnun bo‘lsa, kimdir buni tanqid ostiga oldi.
Internet foydalanuvchilaridan biri “Bu so‘zlarni qaysi ma’noda aytganingizdan qat’iy nazar, men barcha qizlarga o‘zlarini emas, yigitlarni sevishni maslahat berardim”, degan izoh qoldirdi.