Qirg‘izistonliklarning valyuta ipotekasi somga ko‘chiriladi
Qirg‘iziston fuqarolari dollarda olgan ipoteka kreditlari milliy valyuta – somda qaytadan hisob-kitob qilinadi. TASS agentligining mamlakat bosh vaziri kotibasi Nazira Ahmedovaga tayanib ma’lum qilishicha, tegishli farmoyishi Temir Sariev tomonidan imzolangan.
“Bosh vazirning farmoyishi bugungi kundan kuchga kiradi, - dedi ayol. – Uning realizatsiyasi bilan bog‘liq barcha xarajatlar davlat byudjeti hisobidan qoplanadi”.