Moskvada qirg‘izistonlikning 7 mln rubl pulini o‘g‘irlashdi
Moskvada 7 mln rubl miqdoridagi pulni o‘g‘irlash hodisasi yuz berdi. Bu haqda Moskva shahri IIBBga asoslanib, "Interfaks" agentligi xabar tarqatgan.
Ma’lum qilinishicha, shaharning Denis Devidov ko‘chasi Qirg‘iziston fuqarosiga noma’lum shaxslar hujum qilishgan.
3 nafar niqobli shaxs qirg‘izistonlikning 7 mln rubl pulini olib ketishgan. Jabrlanuvchi uzoq vaqt davomida o‘zini yomon his qilgani uchun polisiyaga vaqtida murojaat qila olmagan.