Qirg‘izistonda farzandini kvartiraga ayirboshlagan ona qidirilmoqda
Qirg‘izistonda farzandini kvartiraga ayirboshlagan ona qidirilmoqda. Bu haqda Bishkek IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Aytilishicha, 2009 yil aprelida poytaxt tug‘uruqxonalaridan biriga 37 yoshli fuqaro A.Ch. yotqizilgan. U o‘g‘il farzandli bo‘lib, shifoxonadan chiqib ketgan.
Aniqlanishicha, tug‘uruqxona xodimlari xususiy klinika shifokorlari va 74 yoshli fuqaro T.B. bilan til biriktirib, hujjatlarni soxtalashtirgan va bolani T.B. bilan birga yashab kelayotgan ayol, 48 yoshli D.E. nomiga rasmiylashtirgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ayol shu yo‘l bilan o‘z farzandini kvartiraga ayirboshlagan, so‘ng uni sotib yuborib, mamlakat hududini tark etgan.
Ayni paytda ayolning qaerda ekanligi aniqlashtirilmoqda.