Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Qirg'izistonda yana uch kishida koronavirus aniqlandi

Bugun, 20 mart kuni Qirg'izistonda COVID-19 koronavirus infeksiyasi yuqtirganlar soni 3 nafarga ko'paydi. Bu haqda mamlakat Sog'liqni saqlash vaziri Kosmosbek Cholponbayev ma'lum qildi.

 
“O'sh viloyatining Nookat tumanida yana uch nafar kasallik yuqtirganlar aniqlandi”, deya ta'kidladi vazir.
 
O'sh viloyatining Nookat tumanida favqulodda vaziyat e'lon qilindi.
Cholponbayevning so'zlariga ko'ra, yangi kasallanganlar ayni vaqtda shifoxonaga yotqizilgan va ularga zaruriy tibbiy muolajalar ko'rsatilmoqda. Yangi kasallanganlar bilan aloqa qilganlar aniqlanmoqda.
 
Joriy yilning 18 mart kuni Qirg'izistonning Jalolobod viloyatida uch kishida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangandi. Barcha kasallanganlar Saudiya Arabistonidan, Umra safaridan qaytgan.
 
Ma'lumot uchun, dunyoda koronavirus infeksiyasiga chalingan insonlar 250 mingga yaqinlashdi. 88 486 kishi virusdan forig' bo'ldi. 10 050 kishi koronavirus qurboni bo'ldi.
 
Sunnatilla Abdullayev


Manba:Hordiq.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1833 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Koronavirus, Qirg'izistonda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное