Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Sherlock Holmes - soundtreck (mix)
. Tabib-Nadin kal kai (soundtreck koreya)
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Qaqnus - Mal De music
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Soundtreck-Великолепный Век
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Efir Sirlari - Piano Version
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Qaysi domlaning stavkasi qancha?

Uzoq tayyorgarliklardan so‘ng Buxoro muhandislik texnologiya institutining muhandislik-texnika fakultetida o‘qish baxtiga muyassar bo‘lgan Alisher Qodirov o‘zi tahsil olayotgan guruhga sardor etib tayinlandi. Dastlab u bundan quvondi. Biroq, xursandchiligi uzoqqa bormadi. Yarim yillikning imtihon va sinovlari boshlanganida guruh sardorining ayrim ustozlaridan ko‘ngli qoldi.
Buxoro muhandislik texnologiya institutining kimyoviy texnologiyalar fakultetida assistent lavozimida ishlab kelayotgan I.Davlatovni kafedra katta o‘qituvchisi U.Bekov oldiga chaqiradi.
— Ishlarimga ulgurmayapman. Muhandislik-texnika fakulteti birinchi bosqich guruhi talabalarining reyting qaydnomalarini olingda, ballarni hisoblab chiqing, — dedi.
Ustozning bu gapi quvlikni xayolidan o‘tkazgan assistentga moydek yoqib tushdi. Chunki endi bu yog‘i o‘zining qo‘lida. Zudlik bilan ishga kirishdi. Natija kutganidan ham ko‘ra yaxshiroq ko‘rinish oldi. Jurnalga ko‘z yugurtirar ekan, aksariyat talabalarning ballari yetarli emasligini ko‘rdi. "Kichik domla" guruh sardori Alisher Qodirovni chaqirtirdi.
— Guruhingizda ko‘pchilik bolalar baho ololmaydi. Nimagaligini mendan ko‘ra yaxshiroq bilasiz, — dedi chehrasiga jiddiylik tusini berib.
— Domla, qo‘shimcha tarzda mashg‘ulotlar o‘tsangiz, talabalarimiz darslarni qayta o‘zlashtirishiga imkon bo‘larmidi... — dedi Alisher kursdoshlarini o‘ylab.
— Siz menga aql o‘rgatmoqchi bo‘layapsizmi? Menda vaqt qani, qo‘shimcha dars o‘tishga. Yaxshi baho olishni istaganlar bo‘lsa, marhamat 4 baho — 40 ming so‘m, 5 baho — 50 ming so‘m...
Shu yilning fevral oyi boshlarida ushbu guruh talabalari bir auditoriyaga yig‘ilishdi va yana bir bor ballarni hisoblab chiqib, pul beradiganlarning ro‘yxatini tuzishdi. Unga asosan ballari yetmagan talabalardan 660 ming so‘m pul yig‘ilishi kerak edi. Bu jarayonda qaysidir talaba puli yo‘qligi, oilaviy sharoiti og‘irligini aytsa, boshqasi shartnoma asosida o‘qishini, ota-onasidan pul so‘ray olmasligini tushuntirishga harakat qilardi. Talabalar chug‘urlashib, domlaning insofsizligi haqida tinimsiz gapirishardi. Xullas, ular orasida norozilik kayfiyati uyg‘ondi.
Birgina guruhdan ta’ma tufayli qo‘lga kiritilayotgan mablag‘ Ismat Davlatovning tinchini buzdi. U "domlalikning turgan-bitgani mo‘may daromad ekan-ku," deb o‘ylardi. Endi gap yig‘ilgan pullarni qaerda, qanday qilib olishda. Birdan xayoliga o‘qishga kirish uchun tayyorlov kursiga kelib yurgan Jonibek Abdukarimov keldi. Shu xayollar bilan u guruh sardori A.Qodirovga qo‘ng‘iroq qildi va pullarni kechki payt "Rusalka" kafesi oldiga olib kelishini tayinladi. Kech kirishini intizorlik bilan kutgan I.Davlatovga guruh sardori qo‘ng‘iroq qilib, ishi chiqib qolganini, pullarni ertaga yetkazishini aytdi. Kelishilganidek, ertasiga soat o‘n birlarda A.Qodirov pullarni institutga olib bordi. Bu ish xavfli ekanini tushungan I.Davlatov pullarni Jonibek orqali olishni maqsad qildi. Biroq, ushbu pullar yosh domlaning qo‘ligacha yetib kelmadi. Achinarlisi, uning qo‘llariga pulning o‘rniga temir xalqalar kelib tushdi.
Ikkinchi holatga ham to‘xtalmay ilojimiz yo‘q. Boisi, Qavmiddin Omonov ham ushbu ta’lim dargohida Chizmachilik va chizma geometriya kafedrasi o‘qituvchisi. Yosh bo‘lishiga qaramasdan salohiyatli, o‘z fanining bilimdoni. Biroq, egallagan ilmiga amal qilmagani uchun el-yurt oldida uning yuzi shuvut bo‘ldi. Ayni yuqorida qayd etilgan guruh talabalari uchun Q.Omonov birinchi semestr yakuni bo‘yicha "3" bahoga 80 ming, "4" baho uchun 100 ming, "5" bahoga esa 120 ming "stavka" belgilab berdi.
Biroq bu "qahramon"imiz ham niyatiga yeta olmadi. Ins­titutning Chizmachilik va chizma geometriya kafedrasining mudiri xonasida talabalarni qaqshatib yig‘ilgan 1 mln. 225 ming so‘m pulni olayotgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Institutning "Elektrotexnika va ishlab chiqarishda axborot kommunikatsiya texnologiyalari" fakultetining dispetcheri vazifasida ishlagan Sherzod Yarashov talabalardan pul undirishning o‘ziga xos usulini o‘ylab topdi. Institutning 2-bosqich talabasi Murodjon Sirojov qandaydir sabablarga ko‘ra reyting daftarchasini vaqtida qo‘liga ololmadi. Sababini surishtirganda esa Sh.Yarashov unga nisbatan o‘zining o‘ylab qo‘ygan rejasi asosida javob berdi.
— Sening reyting daftarchang dekanda, — dedi  Sh.Yara­shov. — Imtihonlarni topshirishing uchun u kishidan reyting daftarchangni olishing kerak. Buning uchun esa..., — o‘ylanib turib gapini davom ettirdi dispetcher, — biroz xarajatlari bor.
— Bu ishga o‘zingiz yordamlashib yuboring. Mayli xarajatlari bo‘lsa ham..., — dedi talaba.
— U kishiga 300 "ko‘ki"dan berishimiz kerak.
— Uch yuz! — M.Sirojov bir qalqib tushgandek bo‘ldi. — Buncha pulim yo‘q.
Oradan ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng, M.Sirojov amallab qarz-havola qilib 200 AQSh dollari topganini aytdi. Bu "yangilik"ni eshitgan Sh.Yarashov institut hududidagi akademik litseyning chet tillar kafedrasi o‘quv binosi oldida uchrashishni aytdi. Nayrang o‘ylab topib, mo‘may pulni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan Sh.Yarashov talabaning qo‘lidan 200 AQSh dollarini olganida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Tafsilotlari keltirilgan jinoyat ishlari bo‘yicha sud hukmiga binoan sudlanuvchilar I.Davlatov, Q.Omonov hamda Sh.Yarashovlarga O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalariga asosan jazo tayinlandi.
Rashid RAHMATOV,
 Buxoro shahar prokurori


Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 3129 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: domla, stavkasi qancha
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
FayzRakhimov Battar b6lingla >(
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное