Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida oilaviy janjal oqibatida ota 37 yoshli o‘g‘lini o‘ldirdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
"4 aprel kuni soat 19.10larda, Pillakashlik ko‘chasi 21-uy 17-xonada yashovchi, 1954 yilda tug‘ilgan Suyun Norov uyida o‘zaro janjal oqibatida o‘g‘li, 1981 yilda tug‘ilgan Jahongir Norovning ko‘krak va bosh qismlariga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan", - deb qayd etilgan xabarda.
Natijada J.Norov voqea joyida vafot etgan. S.Norov qo‘lga olingan.