Qashqadaryoda 22 yoshli talaba qiz o'z uyida osilgan holda topildi
Joriy yilning 7 dekabrida Qashqadaryo viloyati G'uzor tumanida yashovchi D.M. o'z uyida osilgan holda topilgan. Bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi manbasiga tayanib «Uznews.uz» nashri xabar bergan.
Xabarga ko'ra, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti 4-bosqich talabasi bo'lgan 23 yoshli D.M. qishki ta'til sabab uyiga qaytgan.
Qizning o'z suiqasd qilgani yoki ish bo'yicha jinoyat alomatlari bor-yo'qligi yuzasidan ma'lumot berilmagan.