Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Tanho malagim - Soundtreck
. Ko'sem: Sulton Usmon o'limidagi she'ri + music
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Pazanda - Sad Love
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Qaqnus - Mal De music
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Qanday qilib irodani mustahkamlash mumkin?

“Agar inson irodasi sof, maqsad sari fidokorona yo‘nalgan va o‘zida okean quyunini mujassamlashtira olgan bo‘lsa, bunday iroda ko‘p narsaga qodir, u dahshatli kuchga ega, unga deyarli chegara yo‘q”, 
degan edi A.I.Gersen.

Darhaqiqat, jonzotlar ichida insonni farqlaydigan tomonlardan biri ham aql, sabr-matonat va irodadir. Mazkur maqolada iroda mustahkamligini oshirish usullari bilan tanishamiz. Zero u bizga hayot yo‘llarimizda asqotadi.
60-yillarda amerikalik psixolog Uolter Mishel o‘z talabalari bilan birgalikda qiziq bir tajriba o‘tkazdi, unda maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarning qay birida iroda mustahkam ekanligi aniqlandi. Tajriba shundan iborat ediki, bolalar navbat bilan xonaga kirib, ikki mukofotdan birini tanlaganlar. Birinchi mukofot bitta pechene, ikkinchi mukofot ikkita pechene. Biroq bolaga birinchi mukofotni darhol olishi mumkinligi, sovg‘ani ikki marotaba ko‘paytirish uchun esa esa 20 daqiqa kutib turishi kerakligini aytganlar. Bu tajriba nima bilan yakunlandi va 20 daqiqa kutib turishga rozi bo‘lgan bolalar keyinchalik kim bo‘lishdi? 
30 yil o‘tgach, u bolalar bilan nima sodir bo‘ldi?
Mishelning testidagi iroda mustahkamligini namoyon qilib, o‘z sovg‘asini kutib turishga rozilik bildirgan to‘rt-besh yoshli bolalar oqibatda muvaffaqiyatli insonga aylandilar. 30 yoshgacha ularning deyarli barchasi omadli va o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadga erisha oladigan insonlar bo‘lishdi.
Bu bolalar katta bo‘lganlarida ruhiy zo‘riqishli vaziyatlardan ham oson chiqa olishdi. Tadqiqot natijasida muhim kashfiyot amalga oshirildi: bola 4-5 yoshda qanchalik ko‘p kutishga tayyor bo‘lsa, kelajakda u shunchalik omadli insonga aylanishi aniqlandi.
Marosim ayblanuvchisi – limbik tizim
Ikki million yil muqaddam ajdodlarimiz asta-sekin o‘rmonlardan chiqib, yangi hududlarni o‘zlashtira boshlashdi. Insonlarga aylanib, yashash uchun doimiy kurash olib bordilar. Bunda ularga miyaning limbik tizimi yordam berdi, uni tizimning “start yoqilg‘isi” deb atashimiz mumkin.
Aynan u kuchli tashqi qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan tezkor va aniq reaksiya qilishimizga yordam beradi. Aynan shu holda og‘riq, qo‘rquv, qoniqish va h.k. hislar paydo bo‘ladi. Biroq aynan u tajribadagi bolalarda kelajakka umid qilmasdan pecheneni yeb qo‘yish hissini uyg‘otdi.
Limbik tizim parhezda bo‘lgan insonni tiyilishdan to‘xtab, katta yog‘li taomni yeyishga, chekuvchini bir quti sigareta sotib olishga, “keyinroq chekishni tashlab ko‘rishga harakat qilish”ga undaydi. Ayonki, mazkur yomon ta’sirga ega tizimni nazorat qila olish darkor, aks holda zararli odatlarga chek qo‘ygan holda, joriy hayot tarzini o‘zgartirish va sog‘lom turmush tarzini tanlash borasida hech narsani amalga oshirolmaymiz.
Yaxshiyamiki limbik tizimni boshqarish imkoniyati mavjud.
Hozirgi kunni “sovutib”, kelajakni “isitish” lozim.
Irodani mustahkamlash uchun muhim bir sirdan voqif bo‘lishimiz lozim. Nafsni orqaga surib, sizni kutayotgan oqibatlar haqida o‘ylashga harakat qiling. Mazkur strategiyaning muvaffaqiyati va samarasi darhol isbotlangan. Tajriba o‘tkazilayotganlar nafs natijasida yuzaga keladigan salbiy oqibatlar haqida o‘ylab ko‘rish taklif etilganida (misol uchun, ortiqcha vazn, sog‘liq bilan yuzaga keladigan muammolar) nimanidir yeyish xohishi kamaygan. Muhimi, bu haqida nafaqat ishtirokchilar xohishlari, balki bosh miya skanogrammalari guvohlik bergan.
“Agar – u holda” rejalari avtomatik nazorat
Havasni keltiradigan narsadan boshqa usul bilan ham xalos bo‘lish mumkin. Buning uchun esa “agar – u holda” rejasini o‘ylab qo‘yish kerak. Buning uchun quyidagi misolni kelitirishmiz mumkin: “agar muzlatkich oldiga borib qolsam, uni ochmayman”, yoki “agar bar oldida bo‘lsam, ko‘chaning boshqa tarafiga o‘tib ketaman”. Bunday rejalar boshqacha ham bo‘lishi mumkin “agar menga desert taklif qilishsa, uni rad etaman”, kabi. 
Agar bunday rejalarni miyamizda aniq bir ko‘rinishga keltirib olsak, o‘z-o‘zimizni nazorat qilish avtomatik tarzda ishga tushadi. Bu ulubdan qanchalik ko‘p foydalansak, o‘z-o‘zimizni boshqarish osonlashib, avtomatik tusga kiradi.
Odatda o‘z-o‘zimizni nazorat qila olmaydigan damlarni sezmay qolamiz. Ushbu maqsadni ko‘zlagan holda maxsus “O‘zini boshqarish kundaligi”ni tutish kerak. Oddiy bloknot olib, nazorat qo‘ldan boy berilgan damlarni yozib borish kifoya.
Bunday kundalikda ruhiy zo‘riqish va hayajonga sabab bo‘lgan psixologik voqealar aks ettiriladi. Kundalik yuritish salbiy holat bilan kechadigan vaziyatni aniqlashga yordam beradi.
Yozgan narsalarimizni qayta-qayta o‘qib, kelajakda shunga o‘xshash vaziyatlarda “agar – aks holda” rejasini tuzib, xulq-atvorimizni osonlik bilan boshqara olamiz. “Agar sevgan insonim bilan urushganim tufayli havotirga tushadigan bo‘lsam, o‘zimni “eb bitirmasdan” musiqa tinglayman”. Eshitilishi murakkab emas, bajarish ham qiyin bo‘lmasa kerak, shunday emasmi?
O‘zmizga tashqaridan qarash
Javobsiz sevgini boshdan o‘tkazishingizga to‘g‘ri keldi, deylik. Yuragingiz sindi. Bunday vaziyatda bo‘lgan ko‘plab insonlar o‘tgan voqeani miyalarida qayta-qayta eslab, o‘z g‘azab, xafagarchilik va qayg‘ularini ko‘paytiradilar. Bunday holda ularning ahvollari og‘irlashadi. Inson talvasaga tushib qoladi va faqatgina o‘zining muvaffaqiyatsizliklarini ko‘ra boshlaydi. Ruhiy zo‘riqish ortishi bilan o‘z-o‘zini nazorat qilish ham kamayib boradi va umuman yo‘qolishi ham mumkin.
Bunday vaziyatdan chiqishning birgina usuli bor. Buning uchun muammoli vaziyatni tashqaridan kuzatish lozim. Buning uchun o‘zingizga tanish bo‘lgan inson yoki mashhurlardan birini tanlashingiz mumkin.
Misol uchun, mashhur olim Xokingni olaylik. Tasavvur qiling: U sizga sinchkovlik bilan qarab turib, shunday savol beryapti: “Butun borliqda mavjud muammolar orasida seniki nima bo‘libdi?”. Endi esa muammoga tashqaridan baho berish qoldi. Buni hech qanday hislarga berilmagan holda amalga oshirish lozim. 
Aynan mana shu uslub yordamida muammolar ahamiyatini kamaytirishga erishasiz, demak kelajakdagi yaxshi narsalarga e’tiboringizni qaratishga muvaffaq bo‘lasiz.
Uolter Mishelning “Irodani rivojlantirish” kitobidan olingan materiallar asosida tayyorlandi.

XABARDOR.UZ



Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 14656 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Iroda, mustaxkam, maslaxat
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
sanam Judayam foydali maslahatlar
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное