AQSH Kongressining Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining uyiga hujum uyushtirildi, uning eri jarohatlandi. Bu haqda Pelosining Matbuot xizmati tomonidan bugun, 28 oktyabr kuni e’lon qilingan bayonotda ma’lum qilindi.
“Bugun erta tongda bosqinchi Pelosining San-Fransiskodagi qarorgohiga bostirib kirib, janob Pelosiga shafqatsizlarcha hujum qildi”, deyiladi bayonotda.
Xabar qilinishicha, hujumchi allaqachon qo‘lga olingan, hujum sabablari o‘rganilmoqda, siyosatchining eri esa shifoxonada, u yerda unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Vakillar palatasi spikeri hujum vaqtida San-Fransiskoda bo‘lmagan.