OZODBEK ANDIJONDAGI "SOFIYA"DA: HAM YIG‘LATDI, HAM O‘YNATDI!
Ozodbek
Nazarbekovga talab hanuz o‘z kuchida. Yangi qo‘shiq yaratayotgani yo‘q, yangi klipdan
ham darak yo‘q. Biroq, ijodiga bo‘lgan qiziqish hamon o‘sha. Xonanda bir necha kunlar
oldin Andijon shahridagi "Sofiya” restoranida yakkaxon konsertini taqdi etdi. Chiptalar
100 000 so‘mdan bo‘lishiga qaramay (bunday narxlar viloyatda o‘z ta’siriga
ega), restoranni 350 tomoshabin to‘ldirdi! Asosan, ayollar va onaxonlardan iborat
konsert qanday o‘tishi mumkin? To‘g‘ri topdingiz, juda hissiyotga boy bo‘ladi. Ozodbek
dard bilan kuylasa, ular ko‘zyosh qilishdi, sho‘xrog‘idan kuylasa, davrani to‘ldirib
raqsga tushishdi. Mana shunaqa gaplar.