Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Ozishga yordam beradigan ertalabki odatlar

Agar hech qanaqasiga ozishning uddasidan chiqa olmayotgan bo‘lsangiz, unda odatlaringizni o‘zgartirishingiz kerak. Tonggi barcha odatlaringizni vazn yo‘qotuvchi odatlarga almashtiring. Shunda bosqichma-bosqich, hech qanday qiyinchiliksiz ortiqcha vaznni tashlash mumkin. 

Nonushtani o‘tkazib yubormang. Aks holda, kun bo‘yi narsa yeyish bilan band bo‘lasiz. Uyg‘ongach dastlabki soatlarida nimadir tanovul qilib oling.
Tongingizni nonushta tayyorlashga ketkazmang. Nonushtani kechqurun tayyorlab qo‘ying, shunda tonggi mashqlarga ko‘proq vaqtingiz bo‘ladi. Bundan tashqari, uyda tayyorlangan nonushta ishxonangizdagi yegulikdan mazaliroq bo‘ladi. 
Ratsioningizga oqsilli taomlarni qo‘shing. Ular sizni uzoq vaqt davomida to‘q saqlaydi. Tabiiy protein manbalaridan foydalaning: tuxum, baliq, yogurt.
Kulchalar haqida unuting. Shirin va do‘mboq kulchalar nonushta uchun juda mazali tuyular, ammo ozish uchun ulardan voz kechishingizga to‘g‘ri keladi. 
Ko‘k choy iching. Ko‘k choy tarkibidagi vositalar metabolizmni tezlashtiradi va yog‘larni eritib, ortiqcha vaznni yo‘qotishga yordam beradi. 
O‘tirgan holda nonushta qiling. Tongda qanchalik biror joyga shoshmang, o‘tirib nonushta qilishga hech bo‘lmaganda 10 daqiqa vaqt toping. Stolga xotirjam holda o‘tiring va diqqat e’tiboringizni taomga qarating, shunda to‘ygan-to‘ymaganingizni vaqtida sezasiz va vaqtida ovqatlanishdan to‘xtaysiz.
Statistika shuni ko‘rsatadiki, erta uyg‘onadiganlar o‘z vaznidan mamnun va baxtli bo‘lar ekan. Birdaniga emas kundan kunga budilnikni 5 daqiqa oldinga qo‘yib boring. Bu erta uyg‘onishga qiynalmaslikda yordam beradi.
Maqsadlaringiz haqida o‘zingizga eslatma berib turing. Bunda sizga smartfon uchun yaratilgan maxsus dasturlar yordam beradi. Ertalab vaqtli turishingiz, har yarim soatda suv ichib turish, zararli taomlar yemaslik haqidagi eslatmalar kun davomida sizga SMS-xabar sifatida kelib turadi. 
Tez-tez taroziga chiqib turing. Bu sizga to‘g‘ri ovqatlanishingiz kerakligi haqida eslatib turadi. Shu bilan birga tez-tez taroziga chiqib tursangiz o‘zingizni  “birdaniga” 15 kg.ga semirib ketgandek his qilmaysiz va har bir yo‘qotilgan kilogrammlar siz uchun motivatsiya bo‘ladi. 
Pardalarni oching. Uyg‘onishingiz bilan qilingan bu harakat nafaqat uyqungiz tezroq “ochilishi”ga yordam beradi, balki moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Shu bilan birga o‘zingizni yaxshiroq his qilasiz. 
Bir stakan suv iching. Suv metabolizmni tezlashtiradi va samaradorlikni oshiradi. Ko‘proq suv ichishni o‘zingizga odat qilib oling. 
Meditatsiya bilan shug‘ullaning. Tongni meditatsiya bilan boshlang. Bu odat sizni stress orqali tanangizda yog‘ yig‘ilib borishidan asraydi. 
Qorin ochligida mashq qiling. Qorin ochligida mashq qilsangiz, barcha harakatlar ortiqcha yog‘larning erishiga olib keladi. 
Nonushtadan avval kiyinib oling. Tunggi kiyim va uy kiyimlari haqida unuting. Ishga yoki o‘qishga bormasangiz ham chiroyli kiyinib oling. Bu o‘zingizni nozik his qilishga va kamroq taom yeyishga yordam beradi. 
Qiziqroq biror narsa tomosha qiling. Ma’lumki, 10 daqiqalik kulgi bir stakan qaymoqning o‘rnini bosadi va sizga hech qanday kaloriya qo‘shmaydi. Shu bilan birga 10 daqiqa davomida biror kulgili video tomosha qilish 20-40 kkalni yo‘qotishga yordam beradi. Asosiysi, chin ko‘ngildan kuling. 
Garmdori iste’mol qiling. Birinchidan, u taomingizni mazali qiladi, ikkinchidan, qora qalampirning faol tarkibiy qismlari yangi yog‘ hujayralarining paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. 
Dolchin iste’mol qiling, u ishtahani nazorat qilishga yordam beradi. 
Uxlab qolib, nonushtaga vaqtingiz yetmaganda tamaddi qilish uchun maxsus taomlarni avvaldan tayyorlab qo‘ying.
Tuxumni sarig‘idan ajratmay iste’mol qiling. Ko‘p ozmoqchi bo‘lgan insonlar tuxumning sarig‘idan ajratib iste’mol qilishadi, ammo tuxum sarig‘ida kaloriya va yog‘lardan tashqari ko‘p miqdorda ozuqaviy moddalar mavjud. Yaxshisi, kamroq, lekin hammasini yeng.
Har qanday sharoitda ham avvalo yaxshi uxlab oling. Agar sport bilan shug‘ullanish, yaxshi nonushta qilib olish yoki meditatsiya bilan shug‘ullanish uchun ertaroq uyg‘onishni xohlasak, ertaroq uxlashimiz kerak. Kuningiz unumli o‘tishi uchun qancha kerak bo‘lsa, shuncha uxlang. Odatda o‘rta yoshdagi odamlar uchun normal uyqu vaqti 6 – 8 soat hisoblanadi. 


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 2604 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ertalabki odatlar, ozish, yordam, beradigan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:12
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное