Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Jumong-soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. TisMarHan-soundtreck
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Ayol Qalbi - You can't say
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Qaqnus - Destiny (korea)
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Erinchoq do‘mboqlar uchun ozishning eng oson usuli


Mushak massasini oshirish, qonda qand miqdorini barqarorlashtirish orqali xushbichim bo‘lishga yordam beradigan ichimliklar mavjud. Ularni uxlashdan oldin muntazam ichib yursangiz, bir necha kilogramm ortiqcha vazndan qutulishingiz mumkin, deb yozadi «Rambler».

Tuniga bir stakan iliq yoki xona haroratidagi sutni ichib yotish foydali. Ushbu ichimlik tarkibidagi triptofan va kalsiy yaxshi uxlashga yordam beradi. Ma’lumki, uyquga to‘ymaslik yog‘ to‘qimasi ortishiga olib keladi. Ustiga-ustak, sut oqsili mushak massasini mustahkamlaydi.

Qomati raso bo‘lishga uyquga yotishdan oldin bir stakan uzum sharbati ichish ko‘maklashadi. O‘simlik mevasi tarkibida resveratrol bor. Ushbu tabiiy fitoaleksin oq yog‘ni qo‘ng‘ir yog‘ga aylantiradi: u esa quvvat olish uchun organizm tomonidan sarflanadi.

Ortiqcha vaznga qarshi kurashishda yana bir ichimlik kefir hisoblanadi. Uning fermentlangan probiotiklari ichaklar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada hazm qilish, vitamin va minerallar so‘rilishi yaxshilanadi. «British Journal of Sports Medicine»ning yozishicha, kefir uyquni yaxshilaydi hamda mashg‘ulot samaradorligini oshiradi.

Ozishga yordam beruvchi ichimliklar ro‘yxatiga ekspertlar moychechak choyini ham kiritishdi. U tez uxlab qolishga ko‘maklashadi, chunki organizmda glisin neyrotransmitter darajasi ko‘payadi va qonda qand miqdori barqarorlashadi. Bularning bari vazn tashlashga yordam beradi.

Shubhasiz, ozish uchun universal ichimlik oddiy suv sanaladi. U almashinuv jarayonlarini tezlashtiradi: bu kelishgan qad-qomat uchun nihoyatda zarur. Tuniga suv ichib yotish uyqu vaqtida tiklanish samaradorligini kuchaytiradi. Faqat me’yorni unutmasangiz bo‘lgani. Tunda haddan tashqari ko‘p suv ichish tavsiya etilmaydi.



Manba:xabar.uz
Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 3146 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Uchun, Erinchoq, eng oson usuli, ozish, do‘mboqlar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:56
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное