Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Pazanda - Sad Love
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Qirolicha - Soundterck
. Shamollar Mamlakati - soundtreck (korea)
. Ko'sem: Sulton Usmon o'limidagi she'ri + music
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Efir Sirlari - Soundtrack
. Tabib-Nadin kal kai (soundtreck koreya)
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Jumong-soundtreck
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
. Pazanda - Im Loving You
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

OTMning to‘lov-kontrakt miqdorlari e'lon qilindi


2019/2020-o‘quv yilidan boshlab Respublika oliy ta'lim muassasalarida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bitta talabani to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymati miqdorlari belgilangan tartibda tasdiqlandi.
Quyidagi jadvalda to‘lov-kontraktning bir yillik narxi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori barobarida belgilangan. Eslatib o‘tamiz, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 634 880 so‘mni tashkil etadi.

Bakalavriat, magistratura va ikkinchi mutaxaxassislik bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar uchun kontrakt miqdorini stipendiyali yoki stipendiyasiz holda to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin.

 Jadvalda  kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari stipendiya to‘lovlarini inobatga olgan holda tasdiqlangan shaklda keltirilgan.

Stipendiyasiz qiymat miqdorlari, har oylik talabaga to‘lanishi belgilanayotgan 400 000 so‘m, bir yilda jami 4 800 000 so‘mni chegirib tashlash hisobiga shakllantiriladi.

Misol uchun, Bakalavriatning Pedagogika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan talaba 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab, quyidagi tartibda to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin:

 Stipendiya bilan – 10 792 960 so‘m (Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan 17 barobarida).

Stipendiyasiz – 5 992 960 so‘m (10 792 960 so‘m -  4 800 000 so‘m)

Izoh:  2019/2020 o‘quv yilidan boshlab to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga oylik to‘lanadigan stipendiya miqdori 400 000 so‘m etib belgilanadi.

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 2019 yil 1 avgustdan boshlab - 634 880 so‘m etib belgilangan. (Asos: O‘zbekistoni Respublikasi Prezidentning 2019 yil 12 iyuldagi PF-5765 – son Farmoni)



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3171 | Рейтинг: 1| Рейтинг: e'lon qilindi, miqdorlar, to‘lov-kontrakt, OTM
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:16
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное