Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev oliy ta’lim sohasini yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazgani haqida xabar bergan edik.
Mazkur yig‘ilishda Shavkat Mirziyoev talabalar qabulining soddalashgan tizimini joriy etish orqali qabul jarayonini kvota tizimidan davlat buyurtmasi va tabaqalashgan to‘lov-kontrakt tizimiga o‘tkazish kerakligi ta’kidladi.
Oliy ta’lim muassasalarining xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, pedagog kadrlarning ilmiy-pedagogik faoliyatini munosib rag‘batlantirish maqsadida markazlashgan moliyalashtirishdan o‘z-o‘zini moliyalashtirish va iqtisodiy mustaqil tizimga o‘tish vazifasi qo‘yildi.
Rektorlar va prorektorlarni tayinlashni soddalashtirish, professor-o‘qituvchilar faoliyatini doimiy baholash, manzilli rag‘batlantirish, mas’uliyat va javobgarligini oshirish tizimini yaratish lozimligi qayd etildi.