Otabek Mutalxo‘jaevdan tez kunda saundtrek premerasi
Iste’dodli ijodkor Ulug‘bek Ismailov ijodidagi ma’lum bir tanaffusdan so‘ng muxlislarini ko‘p kutdirmay yangi taronalarini taqdim etishda davom etmoqda. San’atga ishtiyoqi baland bo‘lgan xonanda 2006 yilda ijodini boshlagan bo‘lsa bugungi kunga qadar bir nechta qo‘shiqlar muallifi. Ijodkor ayni dam yana ijodga sho‘ng‘igan. Yangi, matni va musiqasi Timurga, aranjirovkasi Jamshid Atabaevga tegishli bo‘lgan “Keraksan” deb nomlangan taronani yozib tugallagan xonanda tez kunda Fm 101.0 to‘lqini orqali mazkur qo‘shiqni muxlislariga e’tiboriga havola qiladi.
Yana bir ma’lumot ijodkor bugun o‘zining tavallud ayyomini nishonlamoqda. Fursatdan foydalanib umidli xonanda Ulug‘bek Ismailovni bugungi tavallud ayyomi bilan chin qalbimizdan muborakbod etib ijodiy parvozlar tilaymiz.