Tinmay ijodiy izlanishda davom etayotgan Otabek Mutalxo‘jaev yaqindagina “Baby good bye” deb nomlangan taronasiga klip suratga olgani haqida xabar bergan edik. Klipning syujeti Rossiyaning Moskva shahrida, treki esa Toshkentdagi pavilonlardan birida tasvirga tushirilgan. Otabek bu klipda didjey obrazida gavdalangan. Klip rejissyori Shuhrat Mavlonov. So‘zi va musiqasi xonandaning o‘ziga tegishli. Aranjirovkasi ustida Temur Rahmonov ishlagan.
Shuningdek, radioto‘lqinlar uzra jarang sochgan “Onamni yig‘latmanglar” kompozisiyasining yangi talqiniga ishlangan videoklipni ham taqdim etishga qaror qildi. Hayotiy voqealarga asoslangan holda yaratilgan qo‘shiq Zufariy Davlat so‘zi, Otabek Mutalxo‘jaevning musiqasi asosida yaratilgan. Taronaga Shuxrat Mavlonov tomonidan videoklip suratga olingan.
Ayni damda siz mazkur ikki videoasardan bahramand bo‘lishingiz mumkin.