Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Otabek Musaev «O‘zbekkino» rahbarligidan ketdi


«O‘zbekkino» milliy agentligi bosh direktori Otabek Musaev lavozimidan ozod etildi. Bu Uzbekistan24 telekanali saytida ma’lum qilindi.

Endilikda Furqat Zokirov «O‘zbekkino»ning yangi rahbari etib tayinlangan. U shu vaqtgacha O‘zbekiston Ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasiga direktorlik qilib kelayotgandi.

Furqat Zokirov «Toshkent» teleradiokanali direktori, keyin «Toshkent» radiosi buyicha o‘rinbosar bo‘lib ishlagan.

Otabek Musaev 2016 yilning yanvarida Ahmadjon Umarov o‘rniga «O‘zbekkino»ga rahbar etib tayinlangandi.

Shuningdek, «Jahon adabiyoti» jurnali bosh muharriri, taniqli dramaturg Shuhrat Rizaev «O‘zbekkino» milliy agentligi bosh direktorining ijodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.

Iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosar Nizomiy Jalolov o‘z lavozimida qolgan.



Manba:kun.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 2619 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O‘zbekkino, Otabek Musaev, rahbarligidan ketdi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное