Yig‘ilish davomida tizim tashkilotlari va hududiy bo‘limlar faoliyatiga taalluqli bir qator masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Joriy yilning 28 yanvar kuni “O‘zbekkino” Milliy agentligining 2015 yildagi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar berdi.
“O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Otabek Musaev raisligida bo‘lib o‘tdi.
Kengaytirilgan yig‘ilishda dastlab Vazirlar Mahkamasining 2015 yilda respublikani ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risida o‘tkazilgan majlisida belgilangan vazifalarning ijrosi muhokama qilindi. Bundan tashqari, kinematografiya sanatini rivojlantirishga qaratilgan dastur loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida tizim tashkilotlari va hududiy bo‘limlar faoliyatiga taalluqli bir qator masalalar ham ko‘rib chiqildi.