To‘y har bir inson hayotida sodir bo‘ladigan o‘zgacha bir hodisadir. Inson o‘zining nikoh kechasi unutilmas va bir umrlik bo‘lishini xohlaydi. Shu sababdan ham bir qancha foto suratlar orqali shunday unutilmas lahzalarni tarixga muhrlaydi. Biroq aynan shunday baxtiyor kunida bu yorug‘ dunyoni tark etganlar ham topiladi oramizda. E’tiboringizga bunday g‘amli to‘y oqshomlari haqidagi ma’lumotlarni havola etamiz:
Nyu-York shahrida tug‘ilgan 36 yoshli kelin Kim Syostrom Yunonistonlik merosxo‘r Teddi Efkarpides bilan o‘zining nikoh oqshomini Florida shtatida o‘tkazishni rejalashtirgan edi. Biroq ularning orzu qilgan to‘yi azaga aylanishini kim o‘ylabdi deysiz. 43 yoshli kuyov Teddi Efkarpides bo‘lajak rafiqasining qandli diabet kasalligiga chalinganiga gumoni bor edi, lekin vaziyat u o‘ylaganidan ancha jiddiy bo‘lib chiqdi.
To‘y vaqtida kasallik xuruj qila boshlaganida kuyov bilan kelin vals tushishayotgan edi. To‘satdan kelin hushidan ketib yiqildi va unga armon bo‘lib qolgan sevgilisining qo‘lida jon berdi. Voqea shu qadar tez amalga oshganki, shifokorlar yetib kelishga ham ulgura olishmagan. Kelinning o‘lim sababi sifatida to‘satdan paydo bo‘lgan yurak xuruji qilib ko‘rsatilgan. Ushbu baxtsiz sevishganlarning g‘amgin visol oqshomi "My Big Greek Fat Wedding" filmiga asosiy mavzu qilib olingan.