"Oltin kabutar" mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
4 dekabr kuni "Xalqlar do‘stligi" san’at saroyida "Oltin kabutar" mukofoti g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan galakonsert bo‘lib o‘tdi. Tanlovda 2019 yilda samarali mehnat qilgan ijodkorlar ko‘plab nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanadi. Tanlov natijalariga ko‘ra “Eng yaxshi milliy serial” "Jurnalist", “Eng yaxshi videoklip” Sardor Toirovning "Sevmasam" klipi, "Eng yaxshi aktrisa" Madina Nig‘matullayeva, “Eng yaxshi estrada xonandasi” Munisa Rizayeva, “Eng yaxshi teleboshlovchi” "Toshkent" kanali boshlovchisi Shahriyor Xo‘jaev, "Eng yaxshi telejurnalist” Miraziz Mizaahmedov, “Eng yaxshi tok-shou” "Xalqaro press klub" loyihasi, "Eng yaxshi saundtrek” "Jurnalist" seriali sauntreki ijrochisi Yusufxon Nurmatovning "Ko‘zlaringni ko‘rmasam" qo‘shig‘i, “Eng yaxshi ko‘rsatuv” "Markaziy studiya" ko‘rsatuvi bo‘ldi. Shuningdek, “O‘zbek san’ati rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun” , “O‘zbek televideniesi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun”, “Eng yaxshi murabbiy” nominatsiyasida g‘oliblarga tanlovning maxsus mukofotlari topshirildi. Bundan tashqari, “Eng yaxshi konsert dasturi”, “Eng yaxshi rejissyor”, “Eng yaxshi badiiy film”, “Yil blogeri”, “Yilning eng faol yoshi”, “Yilning eng yaxshi hunarmandi”, “Yil investori”, “Yilning eng yaxshi ixtirochisi”, “Yilning eng yaxshi arxitektori”, “Yilning eng yaxshi maqom ijrochisi”, “Yil rassomi”, “Yil shifokori”, “Yilning eng yaxshi tadbirkori” kabi rag‘batlantiruvchi mukofotlar ham o‘z egalarini topdi.