“Birinchi avgust” filmining premerasi bo‘lib o‘tdi
26 noyabr kuni Alisher Navoiy nomli kinosaroyda rejissyor Abduvohid G‘anievning "Birinchi avgust" deb nomlangan fillmining premerasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur kartina taqdimotiga san’at vakillari, kinoijodkorlar, OAV xodimlari va film qahramonlari tashrif buyurishdi. Barcha ijodkorlar qizil yo‘lakcha bo‘ylab yurishdi va tomoshabinlarga birma bir tanishtirildi. Ushbu filmda bosh rollarni Yigitali Mamajonov, Feruza Yusupova, Tohir Saidov, Rayhon Ulasenova, Sobir Otajonov, Muyassar Berdiqulova ijro etgan. Kartina ta’limdagi qing‘irliklar, korrupsiya haqida suratga olingan ilk film bo‘lib, unda talabaning oliy ta’lim muassasasi dargohiga qo‘ygan birinchi qadamidayoq ko‘zbo‘yamachilik va adolatsizlik manzarasini ko‘rishi, buning ta’siri tufayli kelgusi hayotida “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” qabilida ish tutishi mumkinligi ko‘rsatib berilgan.