▪️Hujumlarda bir vaqtda 10 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan.
▪️Tartibsizliklar vaqtida 1347 ta qurol o‘g‘irlangan.
▪️Jinoyatchilar huquq-tartibot organlarini obro‘sizlantirish maqsadida harbiy va politsiya formalarini kiyib olishgan.
▪️Olmaota politsiya departamenti binosini egallash uchun 27 marta urinish amalga oshirilgan.
▪️Politsiya ko‘plab qurbonlar bo‘lishidan saqlanish uchun Olmaota hokimiyatiga hujum qilganlarga qurol ishlatmaslikka va chekinishga majbur bo‘lgan.
▪️300dan ortiq avtotransport ziyon ko‘rgan, shundan 163 tasi - politsiya avtomobillari.
▪️Olmaotadagi 7 ta qurol do‘koni egallangan.
▪️Respublika maydoniga olib boruvchi ko‘chalarda 493 ta kuzatuv kameralari ishdan chiqarilgan.
▪️Politsiya kuchlarini bo‘lib yuborish maqsadida shaharning turli qismlaridagi binolar minalashtirilgani va otishmalar haqida behisob yolg‘on ma’lumotlar jo‘natilgan.