Obid Asomov AQShda O‘zbekiston havo yo‘llarining qadri o‘tganini aytdi
So‘nggi vaqtlarda muxlislarini sog‘intirib qo‘ygan qiziqchi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni kanda qilmaydi. Instagram’da doimiy ravishda internetdagilar bilan muloqot qilib keladigan Asomov ayni damda AQShda safarda. Har kuni AQSh sayohatidan suratlarni tarmoqdagi shaxsiy sahifasiga joylab borayotgan Obid Asomov San-Fransiskoga uchish vaqtida aviakompaniya xizmatidan ko‘ngli to‘lmaganini aytib, O‘zbekiston havo yo‘llari aviakopmaniyasining qadri o‘tganini ma’lum qildi. U San-Fransiskoning balandlikdan ko‘rinishini suratga olib, unga quyidagicha izoh qoldirdi.
“San-Fransiskoning osmondan ko‘rinishi. Olti soat deganda uchib keldik. Amerikada bir tishlam non ham bermadi osmonda. Oqvat pulli ekan! Men ham bopladim, ularga zarar bo‘lsin deb bir dollar ham ishlatmadim. Suv, sharbatlari tekin ekan, styuardessani rosa yugurtirdim. O‘zbekiston havo yo‘llarining qadri o‘tdi”, deb yozadi Asomov.
Asomov AQSh sahyotida yolg‘iz emas, “Nihol” mukofoti sovrindori Otabek Mutalxo‘jaev ham unga hamrohlik qilyapti. Tasdig‘ini topmagan ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova ham AQShga jo‘nab ketgan.