"O‘zbektelekom" 201ta yangi CDMA stansiyalarini o‘rnatadi
"O‘zbektelekom"
aksiyadorlik kompaniyasi 2013-2014 yillarda CDMA-450 standarti bazasida uyali aloqa
tarmog‘ini kengaytirishga 21,4 million AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritadi. "RIA Novosti”ning xabar berishicha, mazkur loyiha mamlakatimizning barcha hududlarida
qo‘shimcha 201ta stansiya o‘rnatish va 118ta amaldagi stansiyani modernizatsiya
qilishni ko‘zda tutadi. Loyiha Xitoy taraqqiyot banki krediti va "O‘zbektelekom"
aksiyadorlik kompaniyasining mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi. Hisob-kitoblarga
qaraganda, O‘zbekistonda 2012 yil yakunlariga ko‘ra uyali aloqa abonentlarining
soni qariyb 27 million kishini tashkil etgan.