O‘zbekistonlik qiz oynadan yiqildi, uning ahvoli hozirda og‘ir
Joriy yil 4 avgust kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Neva tumanida O‘zbekiston fuqarosi mehmonxona oynasidan yiqilib tushgan.
Sankt-Peterburg huquq-tartibot organlari o‘zbekistonlik qizning jabrlanishi bo‘yicha tekshiruv boshlagan.
Voqea soat 17:30 larda “Bolshevikov” ko‘chasidagi “Belie nochi” mehmonxonasida sodir bo‘lgan. Qiz mehmonxaning 3-qavatidagi xona oynasidan pastga qulagan.
Jabrlanuvchi Aleksandrovskiy shifoxonasiga yotqizilgan. Ma’lum bo‘lishicha, uning ahvoli og‘ir, bir nechta joyi singan va umurtqada jarohatlar mavjud.
Huquq-tartibot xodimlari qiz bilan mehmonxona xonasida birga bo‘lgan 60 yoshli hamrohini so‘roq qilgan.