O‘zbekistonga yo‘l olgan avtobus Saratov viloyatida halokatga uchradi
30 oktabr kuni Rossiyaning Saratov viloyatida avtobus halokatga uchradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, avtobusda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan.
Sankt-Peterburgdan Toshkentga yo‘l olgan avtobus ichida 24 nafar yo‘lovchi bor edi. YTH oqibatida ulardan 16 nafari jarohat olib, zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan.
RIA Novosti agentligining so‘nggi xabariga ko‘ra, jarohat olganlarning 4 nafari hamon shifoxonada qolmoqda.
Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining dastlabki ma’lumotlarida yo‘l-transport hodisasiga noqulay ob-havo sharoiti sabab bo‘lgani tasdiqlangan.
Yo‘lni nam qor qoplagani sabab Yutong rusumli avtobus sirpana boshlagan, natijada yo‘l chetidagi to‘siqlarga borib urilgan va ag‘darilib ketgan.