O‘tgan hafta, 2017 yilning 26 dekabr kunidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki AQSh dollarining qiymati 18 so‘m 45 tiyinga, yevro 96 so‘m 40 tiyinga ko‘tarilganini, AQSh dollari 8120 so‘m 7 tiyin, 1 yevro esa 9624 so‘m 72 tiyinni tashkil etganini xabar qilgan edi.
2018 yilning ilk haftasidan yevro 150 so‘mga qimmatladi.
Markaziy bankdan ma’lum qilishlaricha, AQSh dollari 16 so‘m 60 tiyinga qimmatlab, 8136 so‘m 67 tiyin, 1 yevro 150 so‘m 68 tiyinga qimmatlab, 9775 so‘m 40 tiyinga yetgan.