O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ertaga, 19 dekabr sanasidan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan bo‘ladigan yangi qiymatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, AQSh dollarining qiymati biroz 8 so‘m 62 tiyinga qimmatlab, 8101 so‘m 62 tiyinni tashkil etdi. Evro esa pasayishda davom etmoqda. Bu safar pasayish 3 so‘m 62 tiyinni tashkil etib, 1 yevro qiymati 9528 so‘m 32 tiyinni etib belgilangan. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftadagi valyutalarning so‘mga nisbatan qiymati quyidagicha etib belgilangan edi: 1 USD = 8093.00 1 EUR = 9531.94