Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda qancha fuqaro koronavirusga qarshi tibbiy nazoratga olingani aytildi


Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi O‘zbekistonga Xitoydan kelgan fuqarolar haqida ma’lumot berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, 5 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi virusologiya laboratoriyasiga Xitoydan kelgan 245 nafar fuqarolardan koronavirus infeksiyasi tahlili uchun namunalar keltirilib, ushbu namunalardan koronavirus infeksiyasi topilmagan. Ma’lum qilinishicha, Islom Karimov nomidagi “Toshkent xalqaro aeroporti”ga joriy yilning 5 fevral kuni xorijiy davlatlardan 28 ta samolyot qabul qilindi, 3990 nafar fuqarolar sanitariya-karantin punktlarida termometriyadan o‘tkazilgan.

“O‘zbekiston Temir yo‘llari” AJ markaziy Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga qarashli 6 ta sanitariya-karantin punktidan jami 663 nafar fuqarolar o‘tishgan, shulardan 40 nafarini xorij fuqarolari tashkil etadi. Tana harorati ko‘tarilgan bemorlar aniiqlanmagan.
Davlat chegara kesishish punktlaridagi sanitariya-karantin punktlari orqali 1585 ta avtotransportlar, 28644 nafar fuqarolar o‘tkazilgan, shulardan 14646 nafari chet el fuqarolari hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan Xitoydan kelgan fuqarolar ro‘yxati asosida 2912 nafar fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Shulardan 2188 nafarida kasallikni yashirin davri (14 kun) yakunlangani va tibbiy ko‘rik davomida hech qanday koronavirus infeksiyasi belgilari aniqlanmaganligi bois tibbiy kuzatuv ishlari yakunlandi. Bugungi kunda 724 nafar fuqarolar 14 kunlik tibbiy kuzatuvga olindi.

“Xukumat komissiyasi qarori bilan joriy yilning 4-6 fevral kunlari O‘zbekistonga Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahridan 2 ta hamda Uxan provinsiyasidan 1 ta charter reyslar orqali jami 584 nafar fuqarolar olib kelindi. Fuqarolarning barchasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga ko‘ra maxsus tayyorlangan muassasalarga joylashtirildi va 14 kun muddat davomida (kasallikning yashirin davri davomida) tibbiy nazoratga olindi. Fuqarolar uchun maxsus tayyorlangan muassasalarda barcha zaruriy sharoitlar yaratilgan”, deyiladi agentlik bayonotida.

Agentlikning markaziy shtabi mutaxassislari tomonidan 71-276-49-66 ishonch telefoni orqali murojaat qilganlarga tushuntirishlar, aniq ma’lumotlar va zarur tavsiyalar berib borilmoqda.

KORONAVIRUS

2019 yil 31 dekabr kuni Xitoy hukumati Xubey provinsiyasining Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya kasalligi haqida JSSTga xabar berdi. Mutaxassislar kasallikning qo‘zg‘atuvchisi - 2019-nCoV koronavirusini aniqladilar. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 6 fevraldagi ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda yangi koronavirus bilan kasallanishning umumiy soni 28 293 kishini tashkil qiladi. Ulardan 28 068 nafari Xitoyda aniqlangan, undan 618 kishi vafot etgan. Virusni yuqtirganlarning 225 nafari boshqa 24 mamlakatda bo‘lib, ulardan biri Filippinda vafot etgan.



Manba:effect.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5096 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Koronavirus
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:44
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное