Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O’zbekistonda koronavirus infeksiyasidan yana 19 nafar bemor sog‘aydi

Koronavirus pandemiyasi tufayli dunyo mamlakatlari boshiga tushgan sinov yurtimizni ham chetlab o‘tmadi. Shunday vaziyatda aholining qiyinchiliklarni birdamlik bilan yengishga harakat qilishayotgani e’tiborga molik. Ayniqsa, ushbu infeksiya tarqalishining oldini olish borasida tezkor va qat’iy choralar ko‘rilmoqda. Bunda tibbiyot xodimlari matonati va fidoyiligi alohida e’tiborga molik.

Ularning koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarimiz sog‘ayib ketishlari yo‘lidagi mislsiz g‘ayrati tufayli yana 19 nafar bemor darddan butunlay forig‘ bo‘lishdi. Tuzalganlar Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov va boshqa mas’ullar Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatishdi.
Darhaqiqat, qahramon shifokorlarimizning bilimi va tajribasi tufayli koronavirus infeksiyasiga chalinganlar orasida o‘lim ko‘rsatkichlarining minimal darajada bo‘lishi va aksincha, sog‘ayganlarning maksimal darajada bo‘lishiga erishilmoqda. Natijada, ayni paytda sog‘ayganlar 61 nafarga yetdi. 
Bu kabi samarali natijalarga erishishda, avval xabar qilganimizdek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, shuningdek, Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya kabi qator davlatlarning nufuzli mutaxassislari tavsiyalaridan foydalanilayotgani, bundan tashqari, yurtimizning pulmonolog, kardiolog, terapevt, endokrinolog kabi yetuk mutaxassislari bilan telemuloqot o‘rnatilib, zarur tavsiyalarni olishayotgani, ularni bir jamoa bo‘lib faoliyat ko‘rsatishayotganligi ana shunday ijobiy yutuqlarni qo‘lga kiritishda muhim omil bo‘lmoqda. Quvonarli jihati, shifokorlarimiz mahorat va fidoyiligi koronavirus infeksiyasini samarali davolash mumkinligini isbotlamoqda.
Har gal darddan forig‘ bo‘layotgan insonlar quvonchi esa qahramon tibbiyot xodimlariga kuch-g‘ayrat, ishtiyoq bag‘ishlamoqda. Eng muhimi, ushbu xushxabarlar dunyoni tahlika solayotgan koronavirus infeksiyasi bilan samarali kurashish mumkinligi, hatto g‘olib bo‘lish imkoni boriligini ko‘rsatmoqda. Bunda esa hal qiluvchi zarbani berish, shubhasiz, tibbiyot xodimlarini zimmasidagi ulkan mas’uliyatdir. Qahramonlarimiz esa ushbu vazifani sharaf bilan uddalashmoqda, deb bemalol aytishimiz mumkin.
Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2914 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Koronavirus, sog'aydi, infeksiyasi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:22
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное