Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda kiberxavfsizlik bo‘yicha turnir bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 11 avgust kuni kiberxavfsizlik bo‘yicha AntiHack Challenge turniri bo‘lib o‘tadi. Bu haqda AKT vazirligi xabar bermoqda.
Tadbir Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Central Asia Distribution ko‘magida IT-park, Cisco va Beeline Uzbekistan tomonidan tashkil etiladi.Tadbir mamlakat yoshlarining axborot xavfsizligiga qiziqishini oshirish, ushbu yo‘nalish bo‘yicha ko‘nikma va salohiyatni shakllantirishga qaratilgan.Turnir dasturi bir kunga mo‘ljallangan bo‘lib, 4 ta laboratoriya ishlarini o‘z ichiga oladi. Ishtirok etish shartlari:

  • jamoa ikki kishidan iborat bo‘lishi kerak;
  • guruh a’zolaridan biri «ulanish nuqtasi» funksiyasi va efir diapazonini boshqarish imkoniyati mavjud Android telefoniga ega bo‘lishi tavsiya etiladi;
  • Ubuntu virtual mashinasi o‘rnatilgan noutbuk (18.10 versiyasidan boshlab ulab olish va inʼeksiya qilish uchun mos Wi-Fi adapteri bilan);
  • tashqi adapterni ulash uchun USB portli noutbuk.

Musobaqa yakunida ishtirokchilar qimmatbaho sovg‘alar (texnika) bilan taqdirlanadi. Hujjatlar 7 avgustgacha qabul qilinadi, ishtirokchilar saralash bosqichidan o‘tish uchun arizani to‘ldirishda test sinovidan o‘tkaziladi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 736 | Рейтинг: 0| Рейтинг: bo‘lib, O‘zbekistonda, Turnir, bo‘yicha, kiberxavfsizlik, o‘tadi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное